“MUDDATIDA TOʻLANMAGAN SOLIQLAR VA BUDJETGA MAJBURIY TOʻLOVLARNI QARZDOR KORXONA VA TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRIB OLISh TOʻGʻRISIDAGI XOʻJALIK SUDLARI QARORLARINI IJRO ETISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI QAROR, ShUNINGDEK UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRIShLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA (1250-2-son)
10.10.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1250-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 10-iyundagi 05-20-247, 01-226, 71, 1 va 230-V-sonli “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1250, 2003-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 11-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50 va 230-V-1-sonli “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (roʻyxat raqami 1250-1, 2006-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
2-son
Oliy xoʻjalik sudi raisi D. MIRZAKARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
7433-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
76-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
2012-30-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
230-V-2-son
