Sud ijrochilari tomonidan soliq qarzdorligini undirish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (290-son)
11.10.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sud qarorlari sud ijrochilari tomonidan soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 12-bandi “Shakllantirish manbai” ustunining yettinchi pozitsiyasidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni” soʻzlari “qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-oktabr,
290-son
