26-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
Mazkur Kelishuv ratifikatsiya qilinadi va toʻrtinchi ratifikatsiya yorligʻi bilan saqlash uchun topshirilgan sanadan boshlab 30-kun kuchga kiradi.
Mazkur Kelishuv Konvensiyaning ishtirokchilari boʻlgan davlatlar uchun ochiq hisoblanadi.
Depozitariydan mazkur Kelishuvga davlatlar qoʻshilgani toʻgʻrisida hujjat olingan sanadan boshlab 30-kun kuchga kiradi.
Har qaysi Tomon mazkur Kelishuvdan chiqishi mumkin va chiqishi taxmin qilinayotgan sanadan 12 oy oldin bu toʻgʻrisida depozitariyga yozma xabarnoma yuboradi.
Depozitariy chiqish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab 30 kun ichida boshqa Tomonlarni xabardor qiladi.
2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida, rus va xitoy tillaridagi asl nusxada tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)
