20-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
Direktor, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), mansabdor shaxs, vakil, xodim, shuningdek, ular bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzolarining pensiya taʼminoti, ishlagan muddatining hisobi, ularni yuborgan Tomonlarning qonunchiligida belgilangan tartibda va sharoitlarda amalga oshiriladi.
Direktor, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), mansabdor shaxs, vakil, xodim, shuningdek, ular bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzolariga tibbiy hamda sihatgohlar va dam olish maskanlarida xizmat koʻrsatish tartibi ShHT va boʻlib turgan davlat hukumati oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.
Direktor, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), mansabdor shaxs, vakil, xodim, shuningdek, ular bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzolari Tomonlar hududida, boʻlib turgan davlat fuqarolari singari uy-joy kommunal-maishiy, tibbiy, mehmonxona, transport va boshqa xizmat koʻrsatish turlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
