16-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
1. Direktor, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), vakillar, xodimlar, shuningdek, ular bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzolari, agar ularga mazkur Kelishuvga boshqa imtiyozlar va immunitetlar belgilanmagan boʻlsa, ular Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisida 1961-yildagi Vena konvensiyasida nazarda tutilgan imtiyoz va immunitetlardan tegishli hajmda va tartibda foydalanadilar.
2. Mansabdor shaxslar va ular bilan birga doimiy istiqomat qiladigan oila aʼzolari, oʻz maqomi boʻyicha fuqarosi boʻlgan yoki doimiy ravishda u yerda istiqomat qiladigan Tomonlar elchixonasining diplomatik xodimi va uning oila aʼzolariga tenglashtiriladi.
3. Direktor Kengash roziligi bilan, agar unga berilgan immunitet adolat qaror topishiga toʻsqinlik qilishi, undan voz kechishi belgilangan maqsadlarni amalga oshirishiga zarar yetkazmaydi degan fikrda boʻlsa, mansabdor shaxsga beriladigan immunitetdan voz kechishi mumkin.
Direktor, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) voz kechish toʻgʻrisidagi qaror Kengash tomonidan qabul qilinadi.
Immunitetdan voz kechish aniq ifoda etilishi zarur.
4. Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlari qoidalari ShHT hamda uning organlari toʻgʻrisidagi masalalarni tartibga soluvchi alohida shartnoma kuchga kirish sanasigacha amalda boʻladi, ushbu shartnomada MATT, Direktor, uning oʻrinbosari (oʻrinbosarlari), mansabdor shaxslari, vakillari, xodimlari, shuningdek, ular bilan istiqomat qiladigan oila aʼzolariga berilgan imtiyoz va immunitetlari belgilab beriladi.
