1-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
Mazkur Kelishuv maqsadlarini amalga oshirishda sanab oʻtiladigan tushunchalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
mansabdor shaxs — MATT Ijroiya qoʻmitasida ishlash uchun Tomon yuborgan va tegishli shtat lavozimiga Direktor tomonidan tayinlangan shaxs;
vakil — Yuborayotgan Tomonning MATT Kengashida unga ushbu lavozimda faoliyat yuritish vazifasi yuklatilgan shaxs;
xodim — vakil faoliyatiga bogʻliq vazifalarni bajarish uchun Tomon yuborayotgan shaxs;
binolar — bino yoki uning bir qismi boʻlgan yer uchastkasini qoʻshib hisoblaganda, egalik huquqining shakl va tegishliligidan qatʼiy nazar, binolar yoki uning qismlarini bildiradi;
boʻlib turgan davlat — hududida MATTning shtab kvartirasi yoki boʻlinmasi joylashgan Tomon.
