“13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (621-II-son) · Sana: 30.04.2004 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun, siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlarning taʼsis yigʻilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va taʼsis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan soʻz berilishi;
tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga soʻrov bilan murojaat etish;
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni tomonidan taʼminlanadi”;
2) 15-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
