Navoiy koʻchasida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish xaqida (344-son)
24.04.2012
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biri boʻlgan Navoiy koʻchasining arxitektura qiyofasini tiklash va zamon talablariga mos boʻlishini taʼminlash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida, Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi xamda Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining takliflarini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Shayxontoxur tumani, Navoiy koʻchasining “Anhor” koʻprigidan “Chorsu” maydonigacha boʻlgan qismidagi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha bino va inshootlar hamda madaniy meros obyektlarining fasad qismini taʼmirlash, atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish toʻgʻrisidagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining takliflari maʼqullansin.
2. Shayxontoxur tumani hokimligi (A.Jumaboyev), Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi (R.Mansurov), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G.Rasulov), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (A.Tadjiyev):
Navoiy koʻchasida joylashgan bino va inshootlarni xamda madaniy meros obyektlarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va tartibga keltirish hamda uning arxitektura qiyofasini tiklash va zamon talablariga mos boʻlishini taʼminlash boʻyicha taklif kiritilsin.
3. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi (R.Mansurov):
bir oy muddatda Navoiy koʻchasida joylashgan barcha bino va inshootlarning fasadlarini, interyeri va tom qismini rekonstruksiya qilish ishlari loyihasini ishlab chiqsin va “Oʻzdavarxitektqurilish” qoʻmitasiga kelishish uchun taqdim etilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent shahar xokimi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-aprel,
344-son
