Oʻzlarining tegishli hududlariaro va hududlaridan tashqarida havo qatnovlari toʻgʻrisida
03.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Malayziya Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Malayziya Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaning qatnashchilari boʻlgani holda,
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida muntazam havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida yuqorida koʻrsatilgan Konvensiyaga qoʻshimcha ravishda Bitim tuzish istagida,
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
1-modda. Atamalar
Ushbu Bitimning maqsadlari yoʻlida, agar matn boshqa izoh talab qilmasa, quyida keltirilgan atamalar shunday maʼnolarni anglatadi:
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyani anglatadi va Ahdlashuvchi Tomonlar qay darajada ratifikatsiya etgani hamda kuchga kirganiga qarab, Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan ilovalarni, shuningdek, Konvensiyaning 90- va 94-moddalariga binoan Konvensiyaga yoki uning ilovalariga kiritilgan har bir tuzatishni oʻz ichiga oladi;
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi — Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Parvoz xavfsizligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat inspeksiyasi boshligʻini anglatadi va Malayziyaga nisbatan — Transport vaziri yoki har ikki holda yuqorida qayd etilgan maʼmurlar tomonidan hozirgi vaqtda bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
s) “tayinlangan aviakorxona” atamasi — ushbu Bitimning 3-moddasiga binoan bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda tayinlagan ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan tasdiqlangan yoʻnalish yoki yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshiradigan aviakorxonani anglatadi;
d) “hudud”, “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Konvensiyaning 2- va 96-moddalarida mazkur atamalar uchun koʻrsatilgan maʼnolarni anglatadi;
e) “ushbu Bitimning ilovasi” atamasi mazkur Bitimga ilova qilingan yoki mazkur Bitimning 16-moddasiga asosan oʻzgartirilgan Yoʻnalishlar jadvalini anglatadi. “Ushbu Bitimning ilovasi” uning ajralmas qismini tashkil qiladi va boshqa maxsus kelishuv boʻlmasa, ushbu Bitimga murojaat etilgan barcha hollarda ilova ham nazarda tutiladi.
f) “tarif” atamasi:
(I) kelishilgan muntazam qatnovlarda yoʻlovchilar, hamda ularning yukini tashish uchun aviakorxona tomonidan olinadigan haqlar hamda yordamchi xizmatlar uchun belgilangan toʻlov qiymatini va shartlarini;
(II) kelishilgan muntazam qatnovlarda yuklarni (pochtadan tashqari) tashish uchun aviakorxona tomonidan olinadigan haqlarni;
(III) yoʻlovchi va yuk tashuvlari uchun unga aloqador boʻlgan har bir daromadni oʻz ichiga olgan holda har qanday bu singari stavkalarning qonuniyligi va huquqiy kuchga egaligini tartibga soluvchi sharoitlarni;
(IV) aviakorxona tomonidan agentlarga muntazam aviayoʻnalishlar boʻyicha tashuvlarni amalga oshirish uchun aviachiptalarni sotish yoki avia yukxatlarni toʻldirish bilan bogʻliq xizmatlari uchun toʻlanadigan komission stavkalarni anglatadi.
g) “yigʻimlar” atamasi aeroport, aeronavigatsiya yoki aviatsiya xavfsizligi jihozlari va xizmatlaridan foydalanish uchun aviakorxonalarga toʻlanadigan toʻlovlarni anglatadi.
2-modda. Qatnov huquqlari va imtiyozlari
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning ilovasidagi Yoʻnalishlar jadvalida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha havo qatnovlarini amalga oshirish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi (bundan buyon matnda “shartlashilgan qatnovlar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi).
2. Mazkur Bitimning qoidalariga asosan har bir Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan aviakorxona quyida keltirilgan imtiyozlardan foydalanadi:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida notijoriy maqsadlarda toʻxtash;
s) Ahdlashuvchi Tomonlar hududlari oraligʻida qatnayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni olish va (yoki) tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida ushbu Bitimga ilova qilingan. Yoʻnalishlar jadvalida koʻrsatilgan manzillarda toʻxtash.
3. Ushbu moddaning 2-bandidagi hech qaysi qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilga boruvchi yoʻlovchilar, va yukni havo kemasiga olish huquqini beradi deb qaralmaydi.
3-modda. Parvozlar uchun ruxsatnoma
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida, bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilgan holda aviakorxona(lar)ni tayinlash huquqiga ega.
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng ushbu moddaning 3- va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonaga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonadan u xalqaro tijorat havo qatnovlarini amalga oshirish chogʻida bunday maʼmurlar tomonidan Konvensiya qoidalariga muvofiq odatda va oqilona qoʻllaniladigan qonunlar va qoidalardan kelib chiqqan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tayinlangan aviakorxonani eʼtirof etishni rad etish hamda shu tayinlangan aviakorxonaga ushbu Bitimning 2-moddasi 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarni bajarishga ruxsatnoma berishni rad etish, yoki eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi tomon ushbu aviakorxona ustidan ustun egalik va haqiqiy nazorat qilish shu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki shu aviakorxonani tayinlagan uning fuqarolariga tegishli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda tayinlangan aviakorxona tomonidan ushbu huquqlardan foydalanishda zarur deb hisoblangan shu kabi shartlarning bajarilishini talab etish huquqiga ega boʻladi.
5. Mazkur moddaning 1- va 2-bandlari shartlarini bajargandan soʻng shu yoʻl bilan tayinlangan va vakolatni olgan aviakorxona ushbu Bitimning 8-moddasi qoidalariga muvofiq oʻrnatilgan tariflar ushbu qatnovga nisbatan joriy etilmagan boʻlsa, ushbu qatnovlar bajarilmasligi sharti bilan xohlagan payt kelishilgan qatnovlardan foydalanishni boshlashi mumkin.
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonaning mazkur Bitimning 2-moddasi 2-bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishini bekor qilish yoki agar aviakorxona tomonidan ushbu huquqlarni beruvchi Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga yoki mazkur Bitimda koʻrsatib oʻtilgan kelishilgan qatnovlarni bajarish shartlariga rioya qilinmagan har qanday holatda tayinlangan aviakorxonaning ushbu huquqlardan foydalanishida oʻzi zarur deb topgan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega, agarda ushbu shartlarni bajarishni darhol toʻxtatish yoki talab qilish qonun va qoidalarning kelgusida buzilishini oldini olish uchun zarur boʻlmasa, ushbu huquqdan faqat boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻng foydalanish mumkin boʻladi.
4-modda. Boj va soliqlardan ozod qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan xalqaro havo qatnovida foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek ularning roʻyxatdagi mol-mulki, ehtiyot qismlar, yonilgʻi zaxirasi, moylash xomashyolari hamda bunday havo kemalaridagi kema zaxiralari (oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga kirgach, barcha bojxona bojlari, nazorat soliqlari hamda boshqa yigʻimlar va soliqlardan bu mulk xomashyolar va zaxiralar ular qaytarib olib chiqilguniga qadar havo kemasida saqlanib qolishi sharti bilan ozod etiladi.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi tomonidan yoki nomidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kiritilgan yoki ushbu tayinlangan aviakorxona sahniga olingan va faqatgina xalqaro havo qatnovlaridan foydalanishda qoʻllash uchun koʻzlangan yonilgʻi zaxiralari, moylash xomashyolari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mol-mulk hamda sahn zaxiralari hattoki ushbu zaxiralar yoʻnalishning ular kemaga olingan birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi doirasidagi qismida ishlatilsa ham, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida qabul qilingan bojxona bojlari va nozirlik toʻlovlari bilan birga barcha milliy soliq va yigʻimlardan ozod etiladi. Yuqoridagi bandlarda koʻrsatilgan moddalar talab qilinishi boʻyicha bojxona tashkilotining nazorati ostiga olinishi mumkin.
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasida turgan roʻyxatdagi mulk, ehtiyot qismlar, kema mulki hamda yonilgʻi zaxiralari va moylash xomashyolari ular orqaga qaytarib olingunga yoki bojxona qoidalariga muvofiq boshqa qarorga kelingunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida mazkur Ahdlashuvchi Tomon bojxona tashkilotlarining nazorati ostida joylashtirilishi uchun yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning ruxsati bilangina tushirilishi mumkin.
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon tarafidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida havo kemasiga olingan va faqat ikki manzil oʻrtasidagi parvoz davomida foydalaniladigan yonilgʻi, moylash xomashyolari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mulk va kema zaxiralariga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida bojxona bojlari, nozirlik soliqlari va boshqa shu kabi milliy va mahalliy soliqlar borasida ushbu Ahdlashuvchi Tomon milliy aviakorxonasiga nisbatan kam boʻlmagan imtiyozlar qoʻllaniladi.
5. Toʻgʻri tranzitdagi yoʻlovchilarning yuki va yuklar bojxona bojlari bilan birga barcha boj va soliqlardan ozod etiladi.
5-modda. Tijorat faoliyati
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon hududida amal qiluvchi qonun va qoidalarning shartlariga asosan bir Ahdlashuvchi Tomonning 3-moddaga asosan tayinlagan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan havo qatnovlarini amalga oshirish uchun zarur texnik, maʼmuriy va tijorat xodimlari bilan birga oʻz vakolatxonasini ochish va uni saqlash huquqiga ega boʻladi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻz hududida aviaqatnovlarni toʻgʻridan toʻgʻri yoki aviakorxonaning istagi boʻyicha oʻz agentlari orqali sotish bilan shugʻullanish huquqini beradi. Har bir aviakorxona ushbu aviaqatnovlarni milliy qonun va qoidalarga muvofiq ushbu hududning valyutasida yoki boshqa mamlakatlarning erkin muomaladagi valyutasida sotish huquqiga ega boʻladi.
6-modda. Uchib kelish va uchib ketish toʻgʻrisidagi qonun va qoidalar
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududiga xalqaro qatnovlarni amalga oshirayotgan havo kemalari uchib kelishi va u yerdan uchib ketishini, yoki bu havo kemalarining ushbu hudud doirasidagi parvozlarini tartibga soluvchi qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga nisbatan qoʻllaniladi.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilar yuki, yuk va pochtaning kirib kelishi, u yerda boʻlishi hamda u yerdan joʻnatilishini tartibga soluvchi qonun va qoidalar, hamda kirish-chiqish, emigratsiya va immigratsiya, bojxona va sanitar nazoratiga oid rasmiyatchiliklar boshqa Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan aviakorxonasi havo kemalarida tashilayotgan yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yuk va pochtaga nisbatan birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishi chogʻida qoʻllaniladi.
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududidan toʻgʻri tranzit boʻyicha oʻtuvchi, aeroportning ushbu tashuvlar uchun belgilangan zonasini tark etmagan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki va yuklarga nisbatan eng yengillashtirilgan nazorat qoʻllaniladi.
4. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan qonun va qoidalarni qoʻllashda oʻzining aviakorxonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga nisbatan ustuvorlik yaratmaydi.
7-modda. Hajm shartlari
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga oʻzlarining hududlari oʻrtasidagi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni bajarish uchun teng va adolatli shartlar beriladi.
2. Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining shu yoʻnalishlar yoki ularning qismi boʻyicha parvozlariga oʻrinsiz ziyon yetkazmaslik uchun shu aviakorxonaning manfaatini inobatga olishlari lozim.
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi amalga oshirayotgan kelishilgan qatnovlari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarga boʻlgan jamoat ehtiyojini qondirishi lozim va har bir aviakorxona oʻzining birinchi darajali vazifasi deb yuklashning oqilona qiymatlarida aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududida kemaga olingan va belgilangan yoʻnalish manzillarida qoldirilgan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuklar va pochtani tashishda mavsumiy oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan holda parvozlarning amaldagi va oqilona miqdor darajasi ehtiyojlariga javob beradigan hajmni taʼminlashni bilishi lozim. Aviakorxonani tayinlamagan davlatlar hududida kemaga olingan va belgilangan yoʻnalish manzillarida qoldirilgan yoʻlovchilar, yuklar va pochtani tashishni har qanday amalga oshirish umumiy asoslarga toʻgʻri kelishi lozim va ularga asosan hajm quyidagi zaruratlarga bogʻliq boʻladi:
a) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududiga(dan) tashuvlari ehtiyoji;
b) mintaqa davlatlari aviakorxonalari tomonidan foydalanilayotgan boshqa havo qatnovlaridagi tashuvlarni inobatga olgan holda, kelishilgan havo qatnovlari oʻtadigan hudud/tumanning tashuvlari ehtiyoji;
s) aviakorxonaning tranzit tashuvlari ehtiyoji.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari vaqti-vaqti bilan mazkur moddaning oldingi bandlarida koʻrsatib oʻtilgan tayinlangan aviakorxona tomonidan kelishilgan qatnovlarni bajarish toʻgʻrisidagi qoidalarni amalda qoʻllashni birgalikda koʻrib chiqishlari lozim.
8-modda. Tariflar
1. Oʻzbekiston hamda Malayziya oʻrtasida tashuvlarni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan belgilangan tariflar har ikkala Tomon aviatsiya maʼmurlari tarafidan tasdiqlangan va kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlarni, parvozlardan foydalanuvchilarning manfaatlarini, ushbu yoʻnalish yoki uning bir qismi boʻyicha parvozlarni amalga oshirayotgan boshqa aviakorxonalarning oqilona foydasi va tariflarini oʻz ichiga olgan holda barcha tegishli omillarni inobatga olib oqilona darajada belgilanishi lozim.
2. Tayinlangan aviakorxonalardan xohlagan taraf taklif etilgan tariflar boʻyicha oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazishi mumkin, lekin taklif etilgan tariflar boʻyicha axborot berilmagunicha, buni talab qilmasligi lozim. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari agar tariflar boʻyicha axborotni taqdim etishni talab qilayotgan tayinlangan aviakorxona boshqa Ahdlashuvchi Tomonni taklif etilgan tariflar toʻgʻrisida xabardor etganligini tasdiqlay olmasa, tariflar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etishga ruxsat bermaydi.
3. Aviatsiya maʼmurlari 1-moddaning (f) bandida koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlarni aniqlash uchun alohida talab qila olishi mumkin boʻlgan shaklda Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi tashuvlar uchun taklif etilgan har qanday tarif har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlariga taqdim etiladi. Ushbu maʼlumot tariflarning kuchga kirishi koʻzlangan sanadan kamida 60 kun oldin taqdim etilishi lozim (agarda tegishli aviatsiya maʼmurlarining tasdigʻi qisqa muddat ichida olinmasa). Taklif etilgan tariflar Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari tomonidan tariflar qabul qilingan sanadan boshlab ushbu Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qabul qilingan hisoblanadi. Tayinlangan aviakorxona oʻzining aviatsiya maʼmurlaridan tashqari hech qaysi bir aviatsiya maʼmurlari oldida shu yoʻl bilan taklif etilgan tariflarning toʻgʻriligi uchun javobgar emas, tariflar bir tomonlama taqdim etilgan holatlar bundan istisno.
4. Agarda tariflar mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq taqdim etilgan boʻlsa, har qanday taklif etilgan tarif har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan xohlagan vaqtda tasdiqlanishi mumkin.
5. Agarda tariflar mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq tasdiqlanmasa, xohlagan bir Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari maslahatlashuv oʻtkazishni soʻrashi mumkin va ular oʻtkazish haqidagi soʻr ov kelib tushgan sanadan boshlab 60 kun ichida yoki har ikkala Tomon aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishilgan boshqa vaqt mobaynida oʻtkazilishi lozim.
6. Agar tariflar mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq Tomonlardan birining aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanmagan boʻlsa va aviatsiya maʼmurlari mazkur moddaning 5-bandiga muvofiq maslahatlashuvlar oʻtkazish haqida kelisha olmagan boʻlsa, bahs mazkur Bitimning 15-moddasiga muvofiq hal qilinishi mumkin. Biroq Ahdlashuvchi Tomon xuddi shu manzillar oʻrtasidagi bir xil parvozlar uchun oʻzining tayinlangan aviakorxonasining tarifidan farqli boʻlgan tarifni talab qilishi mumkin emas..
7. Mazkur moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tarif yangi tarif belgilanguniga qadar oʻz kuchida qoladi.
8. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi hamda Ahdlashuvchi Tomon boʻlmagan davlat hududi oʻrtasidagi tashuvlar uchun olinadigan tariflar Ahdlashuvchi Tomon xuddi shu manzillar oʻrtasidagi bir xil parvozlar uchun oʻzining tayinlangan aviakorxonasining tarifidan farqli boʻlgan tarifni talab qilmasligi sharti bilan Ahdlashuvchi Tomon va Ahdlashuvchi Tomon boʻlmagan ushbu davlat tomonidan maʼqullanishi lozim. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning talabi boʻyicha shunday tariflarni taqdim etadi. Ushbu tariflarning tasdiqlanishi ushbu tasdiqlashni bekor qilayotgan Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonaga xuddi shu manzillar oʻrtasidagi bir xil parvozlar uchun oʻzining tayinlangan aviakorxonasining foydalanayotgan xuddi shu tariflarni qoʻllashga ruxsat berishi sharti bilan xabar berilgan sanadan boshlab kamida 30 kun ichida bekor qilinishi mumkin.
9-modda. Guvohnoma va litsenziyalarni tan olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tarafidan berilgan yoki haqiqiy deb topilgan hamda amal qilish muddati tugamagan guvohnomalar, foydalanuvchining shahodatnomalari va litsenziyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan haqiqiy deb topiladi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududi ustidan parvozlar amalga oshirilayotganda boshqa Ahdlashuvchi Tomon yoki boshqa davlat tarafidan oʻzining fuqarolariga berilgan parvozlarga haqiqiylik toʻgʻrisidagi guvohnomalar va litsenziyalarni haqiqiy emas deb topish huquqiga ega.
10-modda. Aeroport yigʻimlari
Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga bir xil xalqaro havo qatnovlarida ishtirok etuvchi oʻzining tayinlangan aviakorxonasidan olinayotgan aeroport yigʻimlaridan yuqori boʻlgan aeroport yigʻimlarini yuklashi yoki yuklashga ruxsat berishi mumkin emas.
11-modda. Aviatsiya xavfsizligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquq qoidalaridan kelib chiqadigan oʻz huquq va majburiyatlariga muvofiq gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Chunonchi, Ahdlashuvchi Tomonlar 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy harakatlarga qarshi kurash haqidagi konvensiya hamda har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun kuchga kirgan mazkur faoliyatga doir boʻlgan koʻp tomonlama bitimlar qoidalariga asosan ish olib boradilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroport va qatnovni taʼminlash vositalariga, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga kiritilgan ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq ish koʻradilar; har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzida qayd etilgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan yoki asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻzlarining hududlaridagi aeroportlarning maʼmurlaridan bunday aviatsiya xavfsizligining qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar. Muvofiq holda har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni oʻzining milliy qoidalari va amaliyotidagi hamda yuqorida taʼkidlangan aviatsiya xavfsizligi talablarini belgilovchi qoidalari oʻrtasidagi mavjud har qanday tafovut haqida xabardor qilishi lozim. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri xohlagan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan har qanday shu kabi tafovutlarni muhokama etish uchun tezda maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qila oladi.
4, Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon undan ushbu boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan oʻzining hududiga kirishi uchun koʻzlangan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha talablarga rioya etishni talab qila olishiga hamda oʻz hududi doirasida havo kemalarini qoʻriqlash, havo kemalarining qoʻnishidan oldin va qoʻnish vaqtida yoki yuklashda yoʻlovchilar va ularning yuklari, ekipaj aʼzolari, yuk va kema zaxiralarini tekshirish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishga oʻz roziligini bildiradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlgan taqdirda, oqilona meʼyorda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlganda yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga aeroport va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish orqali bir-birlariga koʻmak va bunday hodisa yoki tahdidga jadal hamda beshikast barham berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
11a-modda. Parvozlarning xavfsizligi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtda havo kemasidan foydalanish va aeronavigatsiya vositalari, uchuvchi ekipaji va havo kemasiga taalluqli sohalarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bajaradigan parvoz xavfsizligi boʻyicha qoidalarga tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar talab qilingandan keyin oʻttiz kun davomida oʻtkaziladi.
2. Agar bunday maslahatlardan keyin Ahdlashuvchi Tomonlardan biri, boshqa Ahdlashuvchi Tomon 1-bandda koʻrsatilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi haqidagi konvensiyaga (Dos 7300) muvofiq amal qiladigan standartlarga mos parvoz xavfsizligi qoidalariga samarali rioya qilish nazoratini taʼminlamasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon IKAO standartlarini bajarishga kerakli hisoblangan bunday xulosa va tadbirlar haqida axborot oladi. Bundan soʻng boshqa Ahdlashuvchi Tomon kelishilgan vaqt davomida kerakli chora.-tadbirlarni koʻradi.
3. Konvensiyaning 16-moddasiga muvofiq, bir aviakorxona tomonidan. yoki bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi tomonidan bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga parvoz qilayotgan havo kemasi, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻla turib, havo kemasidan foydalanishni sababsiz kechiktirishga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolat berilgan vakillari koʻrigidan oʻtkaziladi. Chikago Konvensiyasining 33-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlarga qaramay, ushbu nazorat maqsadi, havo kemasi hujjatlari va uning ekipaj guvohnomalarini amaldagiga mos kelishi va Konvensiyaga muvofiq amal qiluvchi standartlarga havo kemasi jihozlanishi va holatini mos kelishi tekshirish hisoblanadi.
4. Agar aviakorxona parvozlari xavfsizligini taʼminlash uchun kechiktirmaydigan choralar koʻrilishi kerak boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon amaliyotni toʻxtatishi, aviakorxona yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi taqdim etgan ekspluatatsiya ruxsatnomasini oʻzgartirishi mumkin.
5. Bir Ahdlashuvchi Tomonning shu moddaning 4-bandiga muvofiq koʻriladigan choralari, ularni qabul qilishga asos yoʻqolganida tugatiladi.
6. Shu moddaning 2-bandiga nisbatan qoʻllaniladigan bir Ahdlashuvchi Tomon kelishilgan muddat tutaganidan keyin IKAO standartlariga rioya etmaslikni davom ettirsa, bu haqda IKAO Bosh kotibi xabardor qilinishi kerak. Shuningdek, keyinchalik Bosh kotib muammoni qoniqarli hal etilganligi haqida xabardor boʻlishi kerak.
12-modda. Mablagʻlarni oʻtkazish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida olingan xarajatlardan ortiq boʻlgan daromadlar qiymatini oʻtkazish huquqini beradi. Bu kabi pul oʻtkazish hududida daromad olingan Ahdlashuvchi Tomonning valyuta almashuvini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-modda. Axborotlar va statistika maʼlumotlari
Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari talabi boʻyicha birinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda amalga oshirilayotgan tashuvlarning hajmini aniqlash maqsadida oqilona darajada soʻralishi mumkin boʻlgan shu kabi davriy yoki boshqa statistik maʼlumotlarni taqdim etadi. Bu kabi axborotlar ushbu tayinlangan aviakorxona tomonidan kelishilgan qatnovlarda amalga oshirilayotgan tashuvlar hajmini belgilash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
14-modda. Maslahatlashuv lar
Har bir Ahdlashuvchi Tomon xohlagan vaqtda mazkur Bitimga aloqador barcha masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Ushbu maslahatlashuvlar, agar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida boshqa muddat kelishib olinmasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan soʻrov olingan sanadan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
15-modda. Nizolarni hal qilish
1, Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash natijasida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan har qanday nizo eng avvalo har ikki Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilinishi lozim.
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 1 - bandiga muvofiq muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan kelishuvga kela olmasalar, nizo diplomatik kanallar orqali yozishmalar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.
16-modda. Oʻzgartirishlar
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning ayrim qoidalarini oʻzgartirishni lozim topsa, u istalgan payt boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bu kabi maslahatlashuvlar soʻrov olingan sanadan eʼtiboran oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
2. Mazkur Bitimga har qanday oʻzgartirish agar u Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishilgan boʻlsa, diplomatik kanallar orqali notalar almashinuvi yoʻli bilan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
17-modda. Koʻp tomonlama Konvensiya
Agar har ikki Ahdlashuvchi Tomon ishtirokida havo aloqalari toʻgʻrisida Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa, ushbu Konvensiyaning qoidalari ustuvor hisoblanadi. Mazkur Bitimning 14-moddasiga muvofiq maslahatlashuvlar koʻp tomonlama Konvensiya qoidalarining mazkur Bitimga taʼsiri doirasini aniqlash maqsadida oʻtkazilishi mumkin.
18-modda. Bitimning amal qilishini tugatish
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyatida ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga ham yuboriladi. Agar bu kabi xabarnoma berilsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki (12) oy oʻtganidan soʻng, agar Bitimning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi xabarnoma bu muddat tugaguniga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga binoan orqaga qaytarib olinmasa, Bitimning amal qilishi tugatiladi. Agar boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan deb hisoblanadi.
19-modda. Roʻyxatdan oʻtkazish
Ushbu Bitim hamda 16-moddaga muvofiq har qanday notalar almashinuvi Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida (IKAO) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
20-modda. Sarlavhalar
Ushbu Bitimning har bir moddasi boshidagi sarlavhalar qulaylik uchun berilgan va hech bir holda mazkur Bitimning mohiyati va maqsadlarini belgilamaydi, ularni chegaralamaydi va kengaytirmaydi.
21-modda. Bitimning kuchga kirishi
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Tegishli tartibda oʻzlarining tegishli hukumatlaridan vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib ushbu Bitimni imzoladilar.
Putrajayya shahrida 2005-yil 3-oktabrda oʻzbek, malay va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi,
(imzolar)
ILOVA
Eslatma:
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari bir yoki barcha parvozlarni amalga oshirish chogʻida yuqorida koʻrsatilgan manzillardan xohlagan birida toʻxtamasdan oʻtishlari mumkin.
2. Parvozlarning foydali amalga oshirilishi, qatnovlarning muntazamligi, har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalariga berilgan tijorat huquqlaridan foydalanish masalalari har ikki Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishib olinadi.
