“Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1437-1-son)
27.09.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1437-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 44-son, 460-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 35-son, 382-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 9-dekabrdagi 2004-68-sonli “Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 1437, 2004-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 52-son, 528-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
2012-27-son
