“108-modda. Tashishning axborot-reklama taʼminoti
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-337-son) · Sana: 27.09.2012 · Amalda
Tashuvchi parvozlarning yoʻnalishlari va jadvallarini, yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat koʻrsatish shartlarini eʼlon qilishi hamda aholining (mijozlarning) eʼtiboriga yetkazishi shart”;
19) 109-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo transportida tashishni taʼminlovchi barcha xizmatlar aeroport tomonidan xizmat koʻrsatiladigan tashishlarning hajmi va turlariga muvofiq xodimlarni, texnologik asbob-uskunalar, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalari bilan jihozlangan operatsion zonalarni qamrab oluvchi tegishli tashkiliy tuzilmaga ega boʻlishi kerak”;
20) 112-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi”;
21) 113-moddaning:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchi yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻi shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini taʼminlashi shart”;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
22) 115-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar yukning yoʻqolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish vaqtida yuz bergan boʻlsa, yukning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
Agar tashuvchi yukning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan bogʻliq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻladi:
davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti;
urush yoki qurolli toʻqnashuv akti;
yukka xos boʻlgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik”;
23) 116-moddaning:
birinchi qismi:
“a” bandidagi “yuk yoki qoʻl yukining yoʻqolgani yoxud kamomadi” degan soʻzlar “yuk yoki qoʻl yukining yoʻqolgani, kamomadi yoxud unga yetkazilgan zarar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
