Chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2393-son)
24.09.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2393]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-martdagi 73-sonli “Chet elda koʻrgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 12-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-avgust,
EG-01/15-4108-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-avgust,
59-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 23-avgust,
SG-5-1/6-38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 23-avgustdagi EG-01/15-4108, 59, SG-5-1/6-38-sonli qaroriga ILOVA
