269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-335-son) · Sana: 18.09.2012 · Amalda
Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi.
Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonun hujjatlariga muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi”;
9) 273-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellatsiya, kassatsiya yoxud nazorat tartibida koʻrib chiqilayotganda aniqlangan boʻlsa, unda sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”;
10) 321-moddaning matnidagi “va sud” degan soʻzlar “oʻz vakolatlari doirasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 322-modda birinchi qismining 4-bandidagi “prokuror yoki sudning” degan soʻzlar “prokurorning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 328-moddaning 4 va 5-bandlari chiqarib tashlansin;
13) 330-moddaning birinchi xatboshisidagi “tergovchi, prokuror yoki sud” degan soʻzlar “tergovchi yoki prokuror” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 331-moddaning:
birinchi qismidagi “sud esa ajrim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarorda: ishni qoʻzgʻatish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasini ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboradi”;
