Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (271-son)
14.09.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-sentabrdagi PQ–1816-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan tovar nomenklaturasiga (2012-yilgi versiya) muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-sentabr,
271-son
