VAZIRLAR MAHKAMASINING 2009 YIL 18 AVGUSTDAGI 233-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI ILMIY VA RAHBAR XODIMLARINING BAZAVIY LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA (2388-son)
10.09.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2388]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF–4450-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 308-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2012-yil 1-avgustdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
