Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-4470-son)
10.09.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) qabul qilinishi munosabati bilan:
1. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-sentabr,
PF–4470-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PF–4470-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-sonli Farmoniga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning ikkinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 2-ilovaning toʻrtinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 4-ilovaning beshinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 426-modda)
