Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (990-2-son)
07.09.2012
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 990-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF–3080-sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 77-modda), 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 56-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi tomonidan 2000-yil 30-noyabrdagi 01/960-son bilan tasdiqlangan Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga (roʻyxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 23-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 8-avgust,
142-son
