Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona organlari tomonidan garovni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (757-1-son)
05.09.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASIning
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 757-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 19-mayda 02/8-55-son (roʻyxat raqami 757, 1999-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 7-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan garovni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 7-avgust,
01-02/8-17-son
