Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida boshlangʻich narxni pasaytirish yuzasidan elektron auksion savdolarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (260-son)
06.09.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ–1475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-apreldagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-sentabr,
260-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 260-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qoʻyilsinki, tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish:
muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan standart tovarlar elektron birja savdolari natijalari boʻyicha birja bitimlari;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlar auksion savdolari (shu jumladan davlat xaridlarini tashkil etish boʻyicha elektron savdolar) natijalari boʻyicha auksion savdolari;
xaridorlarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning namunalari va modellarini koʻzdan kechirish imkoniyatini bergan, elektron kataloglarni, prospektlarni, reklama byulletenlarini yoki tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tavsiflovchi boshqa hujjatlarni taqdim etgan holda ularning elektron koʻrgazma-yarmarka savdosi natijalari boʻyicha koʻrgazma-yarmarka bitimlari tuzish vositasida tashkil etilishi mumkin”.
2. 5-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 9-band va qarorga 1-ilova chiqarib tashlansin.
