23- modda. Bitimni kuchga kirishi va tugatilishi
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha davlat ichki tartib qoidalarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali ikkinchi xabarnoma olingan sanadan boshlab 60 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuzilgan hisoblanadi, biroq, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborishi orqali oʻz kuchini yoʻqotishi mumkin.
Ushbu Bitim bunday yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ushbu Bitim oʻz kuchini yoʻqotgan davrda oxiriga yetkazilmagan ishlar imkoni qadar uning qoidalariga muvofiq nihoyasiga yetkaziladi.
Quyida imzo qoʻyuvchi shaxslar ushbu Bitimni imzolashga vakolatlanishi lozim.
Toshkent shahrida, 2008-yil 28-martda ikki nusxada, oʻzbek, fin va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda anglashilmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega.
(imzolar)
ILOVA
Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilishning asosiy prinsiplari
1. Shaxslar toʻgʻrisida oʻz-oʻzidan ishlov beriladigan maʼlumotlar:
a) qonuniy va adolatli asosda olingan hamda ishlov berilgan;
b) maxsus hamda qonuniy maqsadlarda saqlangan va bunday maqsadlarga zid hollarda ishlatilmagan;
v) muqobil, ishga taalluqli va saqlov maqsadidan ortiqcha boʻlmasligi;
g) aniq va zarur hollarda yangilangan;
d) bu maʼlumotlar saqlanayotgan oʻsha maqsad uchun juda zarur boʻlmagan maʼlumotlarni tenglashtirishga imkon beruvchi shaklda va muddatda saqlangan.
2. Shaxslarning irqiy kelib chiqishi, siyosiy qarashlari yoki diniy va boshqa eʼtiqodlarini yorituvchi, shuningdek sogʻligʻining darajasi yoxud jinsiy hayotining oʻziga xosliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ichki qonunlar tegishlicha himoya qila olmasa, oʻz-oʻzidan ishlov berishga olinmaydi. Bu shuningdek jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ham taalluqli.
3. Shaxslar toʻgʻrisida kompyuter fayllarida saqlanadigan maʼlumotlarni beruxsat yoʻq qilish yoki tasodifiy yoʻqotishdan, shuningdek ruxsatsiz tanishib chiqishdan, oʻzgartirish va yoyishdan himoya qilish uchun tegishli xavfsizlik choralari koʻriladi.
