20-modda. Bitimni ijro etish
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan hamkorlik bevosita Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari oʻrtasida olib boriladi.
2. Bojxona organlari ushbu Bitimni ijro etishda koʻmaklashish maqsadida aniq tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
3. Ikki Ahdlashuvchi Tomon bojxona organlari rahbarlari yoki ularning vakillari hamda ekspertlardan iborat oʻzbek-fin qoʻshma komissiyasi tuziladi. Bu komissiya zarur hollarda istalgan bojxona organi soʻrovi boʻyicha ushbu Bitimni ijro etishni nazorat qilish yuzasidan uchrashuv oʻtkazadi, shuningdek yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal etadi.
4. Bojxona organlari bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishini tekshirish yoki jazolash bilan shugʻullanuvchi masʼul shaxslar oʻrtasida ichki maʼmuriy protseduralardan kelib chiqqan holda bevosita aloqalar oʻrnatishi mumkin.
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari ushbu Bitimni talqin etish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan barcha masalalarni oʻzaro maslahatlashuvlar orqali hal etadilar. Kelishmovchiliklar (ziddiyatlar) borasida biron kelishuvga erishish imkoni boʻlmasa, ular diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
6. Ushbu Bitimda nazarda tutilgan axborotlar faqatgina bojxona organlaridan maxsus tayinlangan shaxslarga taqdim etiladi.
