17-modda. Koʻmak koʻrsatish boʻyicha majburiyatlardan istisno qilish
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona organi soʻrovining bajarilishi davlatning iqtisodiy xavfsizligi yoki boshqa manfaatlariga, shuningdek, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning sanoat, tijoriy yoki kasbiy maxfiylikni buzadi deb hisoblagan hollarda yoki ichki huquqiy tizimini asosiy prinsiplariga zid boʻlsa, u ushbu Bitimda nazarda tutilgan koʻmak berishni butunlay yoki qisman rad etishi, yoki shart yoxud talablarga rioya etilgandagina berishi mumkin.
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona organi oʻzi bajara olmasligi mumkin boʻlgan koʻmak yuzasidan murojaat qilsa, u oʻz soʻrovida bu holatga eʼtibor qaratadi. Bunday soʻrovning bajarilishi soʻralayotgan bojxona organining ixtiyoriga havola etiladi.
Agar koʻmak berish rad etilsa, sababi koʻrsatilgan holda koʻmak berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror soʻrayotgan bojxona organi eʼtiboriga yozma ravishda zudlik bilan yetkazilishi lozim.
3. Koʻmak soʻralayotgan bojxona organi tomonidan koʻmak oʻtkazilayotgan tekshiruvga, jazolashga yoki sud protsessiga xalaqit beradi degan asosda qoldirilishi mumkin. Bu holda soʻralayotgan bojxona organi soʻrayotgan bojxona organi bilan oʻz vakolatlari doirasida maʼlum sharoitlarda koʻmak koʻrsatilishi mumkinligini aniqlab olish toʻgʻrisida maslahatlashuv oʻtkazadi.
4. Agar koʻmak berish rad etilsa, sababi koʻrsatilgan holda koʻmak berishni rad etish yoki kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror soʻrayotgan bojxona organi eʼtiboriga yozma ravishda zudlik bilan yetkazilishi lozim.
