15-modda. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilish va ulardan foydalanish
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq quyidagi shartlarga amal qilish orqali qoʻllashda kelib chiqadigan muqobil himoyasini taʼminlaydilar:
a) 3-modda qoidalariga qaramasdan, agar maʼlumotlarni taqdim etish yoki undan foydalanish Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunlariga, jumladan maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonunlarga zid boʻlayotganligiga yetarli asos borligiga ishonch hosil qilinsa, shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilmaydi. Shuningdek, ushbu shart agar maʼlumotlar taqdim etish manfaatdor shaxslarga biror-bir noqulaylik keltirib chiqarsa, ularga ham qoʻllaniladi. Soʻrov asosida maʼlumotlarni olgan bojxona organi ulardan qanday foydalanganligi va natijalari haqida maʼlumotlarni taqdim etgan bojxona organini xabardor etadi.
b) Jamoat ayblovlari va yuridik organlar sud ishlarida koʻrib chiqish zaruriyati tufayli bojxona organlariga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga berilishi mumkin. Bunday axborotlar boshqa shaxslarga berilmaydi, biroq qonunlarga va kelishuvlarga hamda bunday axborotni taqdim etayotgan organ roziligiga muvofiq taqdim etish mumkin boʻlgan hollarda bunday axborotlar taqdim etilishi mumkin.
v) soʻralayotgan bojxona organi taqdim etilayotgan maʼlumotlarni haqiqiy va toʻgʻriligini tasdiqlashi shart. Axborotlarni taqdim etayotgan bojxona organi uni haqiqiy va toʻgʻriligini taʼminlaydi. Soʻrayotgan bojxona organi zarur hollarda shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtiradi, yoʻq qiladi yoki oʻchirib tashlaydi.
g) soʻralayotgan bojxona organi milliy qonuniga muvofiq, oʻz navbatida taqdim etilayotgan maʼlumotnomalar oʻchirib tashlash (yoʻq qilish)ni soʻnggi muddati toʻgʻrisida axborot beradi. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash muddati taqdim etilgan maqsadlarda foydalanish lozim boʻlgan muddatdan oshmasligi kerak;
d) bojxona organlari taqdim etilgan yoki olingan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalarni (yozuvlarni) saqlash va ularni noqonuniy olish, oʻzgartirish, matbuotda eʼlon qilish, ziyon yetkazish yoki yoʻqotishdan samarali himoyalaydi.
2. Shaxslar toʻgʻrisida ushbu Bitim doirasida maʼlumotlarni almashishda Ahdlashuvchi Tomonlar maʼlumotlarning standart himoyasini, hech boʻlmaganda ushbu Bitimning tarkibiy qismi boʻlgan Ilovada bayon etilgan prinsiplarni qoʻllashda kelib chiqadigan muqobil himoyasini taʼminlaydilar.
