3- modda
Hamkorlik protokoli · Sana: 21.05.2007 · Amalda
Maslahatlashuvlar quyidagilarni qamrab olishi mumkin:
a) xalqaro munosabatlarning global masalalari va umumiy rivojlanishi, ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlarning ahamiyati,
b) siyosat, iqtisod, madaniyat, fan, texnika, taʼlim va tadqiqot, shuningdek sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlik va xalqlar oʻrtasidagi aloqalarga koʻmaklashish masalalari,
s) Yevropa va Markaziy Osiyo xavfsizligi va ushbu mintaqalarda roʻy berayotgan integratsiyalashuv jarayoni masalalari,
s) ikki tomonlama bitimlarning bajarilishi toʻgʻrisida axborot almashish, shuningdek Oʻzbekiston-Italiya munosabatlarini rivojlantirishning yangi shakllarini ishlab chiqish.
