6-modda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida · Sana: 06.11.2008 · Amalda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi xususida Tomonlar quyidagi masalalar boʻyicha hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar:
6.1 monitoring, nazorat, chastotalar taqsimoti va h.k. kabi faoliyatni amalga oshirish uchun protsedura va qoidalarni yaratish;
6.2 axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sektorlarida iqtisodiy va tijorat bozor tamoyillarini amalga oshirish;
6.3 standartlashtirish;
6.4 axborot jamiyatini rivojlantirish;
6.5 elektron hukumatni amalga oshirish va uning texnik jihatlari, va shuningdek kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
6.6 axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida qoʻshma tadqiqot loyihalari;
6.7 global axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining oxirgi yutuqlarini ilgari surish;
6.8 inson resurslarini rivojlantirish va potensialini mustahkamlash;
6.9 oʻzaro kelishuvga binoan boshqa masalalar.
