4- modda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida · Sana: 06.11.2008 · Amalda
4.1 Tomonlar hamkorlikni quyidagi yoʻllar orqali amalga oshirishlari lozim:
yangi texnologiyalar, loyihalar, xalqaro tenderlar va h.k.ga oid axborot va hujjatlar almashinuvi;
ikki tomonlama maslahatlashuvlar;
ekspertlar missiyalari almashinuvi va ishchi guruhlar tuzish;
mutaxassislar almashinuvi;
taʼlim dasturlari;
hamkorlikning boshqa shakllari.
4.2 Tomonlar ushbu Bitim doirasida muayyan masalalar boʻyicha yaqinroq hamkorlik qilishni boshlashlari mumkin. Bu maqsadda, zarurat boʻlganda va oʻzaro kelishuvga muvofiq, tegishli kommunikatsiya idoralari oʻrtasida maqsadlarni, harakatlar dasturlarini, muddatlarni, kontraktlarni bajarish va muvaffaqiyatli yakunlash uchun masʼul departament va shaxslarni koʻzda tutuvchi kontraktlar tuzilishi mumkin.
