14-modda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida · Sana: 06.11.2008 · Amalda
14.1 Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
14.2 Ushbu Bitim 5 yil muddatga tuziladi va Tomonlardan hech biri ushbu Bitimning navbatdagi besh yillik muddati tugashidan olti oy oldin Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonga xabar bermasa, keyingi besh yillik muddatga choʻziladi.
14.3 Ushbu Bitim amalining toʻxtatilishi, agar Tomonlar boshqacha kelishib olmasalar, uning amali davridagi tadbir va loyihalarning bajarilishiga daxl qilmaydi.
Toshkent shahrida 2008-yil 6-noyabrda ikkita asl nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, Tomonlar ingliz tilidagi matnga amal qiladilar.
(imzolar)
