Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari”ga (OʻZR AQ-91) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1723-4-son)
18.08.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1723-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari”ga (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 41-42-son, 420-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-avgust,
11n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-avgustdagi 11n - son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” ga (OʻzR AQ 91) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 89, 90, 92 va 206-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Vaqtinchalik aerodromlar, aviatsiya ishlarini taʼminlash uchun aerodromlar va qoʻnish maydonchalarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat tomonidan belgilanadi.”.
3. 8-ilovada:
yigirma yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma sakkizinchi — oʻttiz birinchi xatboshilari tegishli ravishda yigirma yettinchi – oʻttizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati Markazi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2012-yil 13-avgust
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori V. ChUB
2012-yil 13-avgust
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Bosh direktori V. TYAN
2012-yil 13-avgust
