8- modda
Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 07.11.2011 · Amalda
Mazkur Bitim Tomonlar tarafidan u kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartibotlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma xabarnomani olingan kundan oʻttiz kundan soʻng kuchga kiradi.
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi. Tomonlardan biri mazkur Bitimni bekor qilish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnomani boshqa Tomonga yuborish bilan bekor qilish mumkin. Bunday holda Tomonlardan biri bunday xabarnomani olgan sanadan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng mazkur Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
2011-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, venger va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda Tomonlar oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
