Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 4-iyundagi PQ–1771-son qarori) (244-son)
10.08.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 4-iyundagi PQ–1771-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-avgust,
244-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 244-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 1-ilovaning “Toshkent shahri” boʻlimida:
“M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning III boʻlimidagi “M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti, A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni hamda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida va kutubxonalarda toʻliq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-iyuldagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 62-modda) 2-ilovaning 12-bandi “Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm*” ustunidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligining Toshkent davlat madaniyat instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
