“Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1127-5-son)
31.07.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1127-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 27-martdagi 2002-06-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1127, 2002-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 8-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 4-apreldagi 2005-03-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1127-1, 2005-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 120-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 24-oktabrdagi 2005-15-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1127-2, 2005-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 371-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2006-yil 22-noyabrdagi 2006-14-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1127-3, 2006-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 520-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 22-dekabrdagi 2009-50-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1127-4, 2010-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 59-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor v. v. b. A. OBIDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-iyul,
2012-10-son
