Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (233-son)
01.08.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro avtomobilda yuk tashishlar bozorini yanada rivojlantirish, xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqib ketishlari va boʻlishlarini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro avtomobil magistrallarining saqlanishini va ulardan foydalanish holati saqlab turilishini taʼminlash, shuningdek yirik gabaritli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarining oʻtishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-avgust,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun olinadigan toʻlov” soʻzlari “xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim” soʻzlari bilan almashtirilsin:
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim toʻlanishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Quyidagilar:
ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining avtomobil yoʻllarini davlat tomonidan boshqarish vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomasiz umumiy foydalaniladigan yoʻllardan yurib oʻtishi;
agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlarga (mamlakatlardan) tashilishi taqiqlansin”.
3. Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida Nizomda (6-ilova):
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchaligi uchun toʻlov miqdori 1-jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi.
Ogʻir yukli transport vositalari avtomobil yoʻllari boʻylab yurib oʻtganda gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan miqdorga nisbatan ortiqchaligi uchun toʻlov har bir oʻqqa ortiqcha yuklama uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 358-modda)
