Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” 2012-yil 26-apreldagi OʻRQ–327-son qonuni) (225-son)
19.07.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” 2012-yil 26-apreldagi OʻRQ-327-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-iyul,
225-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
4. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda):
a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) Nizom nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”;
Nizomda:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi”;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida qatnashayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun bir haftada 36 soatlik, 15 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa – bir haftada 24 soatlik ish vaqtidan oshmasligi lozim”;
17-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“oʻquvchilarga tegishli mukofotlar toʻlash”;
beshinchi va oltinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
