Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki balansida boʻlgan mulkni samarali tasarruf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (221-son)
17.07.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki balansida boʻlgan, hududlarni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari asosida qurilgan va qurilayotgan uy-joylardan, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobiga ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha obyektlarda qurilish ishlari amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining belgilangan tartibda ikki oy muddatda qoldik qiymati boʻyicha bepul asosda balansga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, Qorasuv shahri, Andijon koʻchasida joylashgan savdo kompleksining avtostansiyasi, ikkinchi qavati va muhandislik kommunikatsiyalari — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimligining;
Fargʻona viloyati Quvasoy shahri hokimligi — Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri, A. Navoiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksining muhandislik kommunikatsiyalari.
Andijon va Fargʻona viloyatlari hokimliklari ushbu bandda koʻrsatilgan mol-mulkning Qoʻrgʻontepa tumani va Quvasoy shahri hokimliklari balansiga belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, istisno tariqasida:
ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha mol-mulkni baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilanadigan narxlar boʻyicha begonalashtirish, ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan obyektlar bundan mustasno;
bank mablagʻlari, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning jalb etilgan mablagʻlari hisobiga qurilgan boshqa uy-joy, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini mustaqil tasarruf etish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki, ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan obyektlarni sotishdan olingan foyda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan kreditlar boʻyicha qarzini toʻlashga yoʻnaltiriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-iyul,
221-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-iyundagi 221-son qaroriga ILOVA
Qurilish ishlari yakunlangan va olib borilayotgan obyektlar
ROʻYXATI
