Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini taʼminlash, ularning fondini tizimli koʻpaytirish va boyitish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (202-son)
09.07.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni, bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni tizimli sotib olishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni tizimli sotib olish boʻyicha kompleks tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida mavjud axborot-kutubxona fondi doirasida bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarning elektron oʻxshashlari shakllantirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi aholining shaxsiy foydalanishidagi qoʻlyozma va litografiyalangan kitoblar, tarixiy hujjatlar, noyob bosma nashrlar, gazetalar, jurnallarni toʻplash va sotib olishni tashkil etishda, shuningdek xususiy kolleksiyalardagi qoʻlyozmalarni aniqlash va roʻyxatdan oʻtkazishda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, “Oʻzarxiv” agentligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-iyul,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi 202-son qaroriga 1-ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi 202-son qaroriga 2-ILOVA
Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni tizimli sotib olish boʻyicha
kompleks tadbirlar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
