Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari (182-son)
22.06.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4435-son Farmonini bajarish yuzasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, taʼlim jarayonini oʻquv-metodik taʼminlashni takomillashtirish, binolar majmuini mukammal rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Akademiya bilan birgalikda “Davlat boshqaruvi” va “Jamiyat boshqaruvi” magistraturalari mutaxassisliklarining davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanilishini taʼminlasin.
3. Akademiya 2012/2013 oʻquv yili boshlanguniga qadar:
hujjatlarni qabul qilishni, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida respublikaning, shuningdek xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil etishni;
davlat va jamiyat boshqaruvi masalalari boʻyicha mamlakatimiz va xorijning oʻquv-ilmiy va metodik adabiyotlari asosida axborot-resurs baza tashkil etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi taʼlim jarayonini tashkil etish uchun Akademiyani “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga va elektron axborot-taʼlim resurslariga ulashda Akademiyaga texnik yordam koʻrsatsin.
5. Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish doirasida:
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
“Toshgiproshahar” OAJ — bosh loyiha tashkiloti;
“Ulkan qurilish servis” MChJ — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
6. Buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti 2012-2013-yillarda bosqichma-bosqich asosida Akademiya binolarini mukammal rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish-montaj ishlarining:
I bosqich — 14 qavatli bino boʻyicha, ishlarni 2013-yilning aprelida tugallagan holda;
II bosqich — 2 va 3 qavatli binolar boʻyicha, ishlarni 2013-yilning dekabrida tugallagan holda, sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.
7. Akademiya, buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti qurilish-montaj ishlarining ikki bosqichga boʻlinishini hisobga olgan holda, 2012-yil 15-iyulgacha 2012-2013-yillarda Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish boʻyicha dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ishlab chiqilishini, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi ekspert kuzatib borilishini va qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati doimiy nazorat qilinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi:
2012-yil uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga va Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga joriy yilda zarur mablagʻlar ajratsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilishni tugallashga kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti parametrlarida Akademiyaning oʻquv auditoriyalari, kafedralari, axborot-resurs markazini zamonaviy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya vositalari va texnologiyalari, mebel va anjomlar bilan jihozlash, mamlakatimiz va xorijning oʻquv, ilmiy va metodik adabiyotlari bilan taʼminlash uchun “Taʼlim” sohasi boʻyicha mablagʻlar doirasida zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzmetkombinat” OAJ bosh loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Akademiyaning binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish uchun boshqariladigan narxlar boʻyicha sement va metall prokati belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasinlar.
11. Akademiyani mukammal rekonstruksiya qilish va keyinchalik jihozlash doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Akademiya va bosh pudrat tashkiloti tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, anjomlar va moddiy-texnika resurslari 2014-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N.Aripov va B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-iyun,
182-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-iyundagi 182-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faoliyatini tashkil etish, taʼlim jarayonini oʻquv-metodik taʼminlashni takomillashtirish, binolar majmuini mukammal rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
(2.7, 2.8 va 2.9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
