Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2373-son)
21.06.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 290-modda) 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
5-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qaroriga ILOVA
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar epizootik holatlarga qarshi tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻini va atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, veterinariya qoidalari va normalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, bogʻlangan holda saqlash va hokazo) va ularning yashash jarayoni insonga toʻliq bogʻliq boʻlishi;
yovvoyi hayvonlar — xonakilashtirilmagan hayvonlar;
pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida boʻlgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi chegaralarga ega boʻlgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).
11 . Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan hayvonlarni (yirtqich, zaharli va inson sogʻligi va hayoti uchun xavfli hayvonlar) saqlashga nisbatan tadbiq etilmaydi.
2. Yovvoyi hayvonlar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan xonalarda (jonli burchaklarda) va ochiq maydonchalarda, (hayvonot bogʻlari, pitomniklar, fermalarda) shuningdek turar joylarda saqlanishi mumkin.
3. Yovvoyi hayvonlar qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga javob beradigan sharoitlarda hayvonlarga insoniylik bilan munosabatda boʻlishning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq saqlanishi kerak.
II bob. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish
4. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5. Boshqa mamlakatlardan Oʻzbekistonga olib kelingan, tabiatda tutilgan (ovlangan), zoologiya doʻkonlaridan, hayvonot bogʻlaridan, pitomniklardan sotib olingan, ov yoki baliq ovlashda va boshqa hollarda tutilganligi uchun hujjatlar mavjud boʻlsa yovvoyi hayvonlar qonunchilikka muvofiq ravishda sotib olingan, deb hisoblanadi.
Belgilangan tartibda berilgan ov va baliq tutishga ruxsatnoma, Oʻzbekiston hududiga hayvonlarni olib kirishga ruxsatnoma, kassa cheklari, yoʻl varaqalari va boshqalar yovvoyi hayvonlarni qonunchilikka muvofiq sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi mumkin.
6. Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq pitomniklar, zoologiya doʻkonlari va hayvonlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bozorlarda amalga oshirilishi mumkin.
Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
III bob. Saqlashga qoʻyiladigan talablar
7. Yovvoyi hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib- taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 18-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida pitomnikda saqlanishi mumkin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni tutqunlikda va yarim tutqunlikda saqlashga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yoʻl qoʻyiladi.
9. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar, shu jumladan yarim tutqun sharoitda, shuningdek Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning obyekti boʻlgan hayvonlar ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlarida davlat hisobiga olinadi. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklarni roʻyxatga olish guvohnomasi pitomnikning davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
10. Yovvoyi hayvonlar hisobi har yili 1-yanvar hamda 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi tomonidan yuritiladi va bu toʻgʻrisida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma uch nusxada tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi va pitomnik egasi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi hududiy boʻlinmada qoldirilib, ikkinchi va uchinchi nusxalari pitomnik egasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga taqdim etiladi.
11. Yovvoyi hayvonlarni doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan volyerlar, qafaslar, terrariumlar va boshqa xonalar oʻz maydoni va hajmiga koʻra yovvoyi hayvonlarning hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi, shuningdek ularni aholi punktlarida saqlash uchun mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan minimal talablar, shuningdek veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi lozim.
12. Quyidagilar taqiqlanadi:
yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining ruxsatisiz saqlash;
yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yertoʻlalar, oʻtiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirokisiz pitomniklarda saqlanayotgan Oʻzbekiston faunasiga mansub yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, kasal va jismoniy nuqsonga ega hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli boʻlgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash;
Oʻzbekiston faunasiga begona (invaziv) boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiatga qoʻyib yuborish;
bir-biriga xavf soladigan hayvonlar turlarini bitta yoki yaqin joyga joylashtirish;
yovvoyi hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish va ularni sayr qildirish, shuningdek, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish.
13. Yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
yashab ketishga qodir boʻlmagan hayvonning azob chekishini toʻxtatish zarur boʻlganda, basharti azoblanishni boshqa usulda toʻxtatish mumkin boʻlmasa;
hayvonlar quturgan taqdirda;
odamlar yoki hayvonlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq hayvonlar sonini tartibga solishda.
14. Mazkur Qoidalarning 13-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirish insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
15. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda oʻstirilgan, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiyaning (CITES Konvensiyasi) ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonunchilik hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda oʻstirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining nazorati ostida amalga oshiriladi.
IV bob. Yovvoyi hayvonlar egalarining huquq va majburiyatlari
16. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi huquqlarga ega:
a) yovvoyi hayvonlarga egalik qilish;
b) yovvoyi hayvonlarni saqlash;
v) yovvoyi hayvonlarni oʻzining turi bilan urchitish;
g) hayvonlar va ulardan olingan naslni oʻz xohishiga qarab boshqarish;
d) Oʻzbekiston faunasiga begona (invaziv) boʻlmagan turlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirokida tabiatga qoʻyib yuborish;
e) yovvoyi hayvonlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish.
17. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi majburiyatlarga ega:
a) yovvoyi hayvonlarni ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlashga, ularga nisbatan insoniylik bilan muomalada boʻlishga, ovqatsiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami koʻrsatilishini taʼminlashga;
b) yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarni va ularga tutashib ketgan hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashga;
v) ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlari vakillariga ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlashni nazorat qilishlari uchun yovvoyi hayvonlar va ularni saqlash makonlariga kirishlariga erkin sharoit yaratishga;
g) yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirishlari, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini olib borish hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyatlar yaratib berishga;
d) jamoat tartibini va fuqarolarning xotirjamligini taʼminlash, odamlar va hayvonlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida davlat sanitariya-epidemiologiya va davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlari va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining koʻrsatmalarini bajarishga;
e) yovvoyi hayvonni saqlash taqiqlanganda uni boshqa shaxsga berishga (sotishga), yovvoyi hayvonlar uchun makonga joylashtirishga yoki jonsizlantirish toʻgʻrisidagi ariza bilan davlat veterinariya nazorati organlariga murojaat qilishga;
j) yovvoyi hayvonning notinchlik keltirib chiqarmaydigan va atrofdagilarga xavf tugʻdirmaydigan xatti-harakatini taʼminlashga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, ularning mol-mulkiga, shuningdek hayvonlarga zarar yetkazilishining oldini olishga;
z) yovvoyi hayvonlar insonni yoki boshqa hayvonni tishlab olganda yoxud boshqa jarohatlar yetkazganda:
jabrlanganni dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun poliklinikaga (veterinariya poliklinikasiga) yoki boshqa tibbiyot muassasasiga olib borishga;
yovvoyi hayvonlar toʻsatdan nobud boʻlishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular oʻzlarini odatdan tashqari holatda tutishi toʻgʻrisida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishga;
veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan hayvonlarni va kasallik tufayli nobud boʻlgan deb shubha qilinayotgan hayvonlarning murdalarini alohida saqlashga.
V bob. Yakuniy qoidalar
18. Noqonuniy saqlangan yovvoyi hayvonlar ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlari tomonidan olib qoʻyilishi va hayvonlar uch oy muddatgacha hayvonot bogʻlarida yoki yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonlarda vaqtincha saqlashga beriladi.
19. Vaqtincha saqlash davri mobaynida olib qoʻyilgan hayvonning egasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganda hamda hayvonni saqlash xarajatlarini qoplagan taqdirda olib qoʻyilgan hayvonni qaytarib olishi mumkin.
20. Vaqtincha saqlash davri tugagan va egalari tomonidan talab etilmagan hayvonlar hayvonot bogʻiga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonga mulk huquqi asosida beriladi.
21. Yovvoyi hayvonlar tomonidan fuqarolarning sogʻligʻiga yoki ularning mol-mulkiga keltirilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
22. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ichki ishlar organlari hamda sogʻliqni saqlash muassasalari amalga oshiradi.
23. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2012-yil 14-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 15-may
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2012-yil 16-may
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash boʻyicha minimal talablar
Sutemizuvchilar uchun volyerlar:
Hayvon turlariGuruhdagi soniOchiq volyerIchki volyerHar bir qoʻshimcha hayvon uchunTavsiya etilgan maydon va balandlikMaydon(m2)Hajm(m3)Maydon(m2)Hajm(m3)Ochiq volyer(m2)Ichki volyer(m2)Qoʻlqanotlilar:Kalong12,57,52,57,511balandligi 3 mKoʻrshapalak10,51,50,51,50,20,2balandligi 3 mPrimatlar:Igrunkilar, tamarin, lori, mayda lemur va boshq.13103101,51,5balandligi 2 mOʻrta lemur, kaputsin110302622balandligi 3 mYirik lemur, langur, sifak, mangobey1104063044balandligi 4-5 mKemiruvchilar:Olmaxon, letyagi1252522Yirik olmaxonlar, daraxt jayrasi161561533Jayralar110-103033balandligi 2 mKapibarlar120-412102Patagon marasi110-10304-Sugʻurlar11020--10-balandligi 2 mOndatra 18-3-31balandligi 1-2 mQoʻm tovushqoni125-8-63balandligi 2 mHasharotxoʻrlar:Tipratikanlar1252522balandligi 1 mYerqazarlar1252522Yenotsimonlar:Yenotlar, qizil panda (Gimolay yenoti)1104821Nosuxa1102582023Susarlar:Mayda susarlar (latcha, oq latcha)12,58----balandligi 1 mSassiqkoʻzan, norka148----balandligi 2 mBoʻrsiq130-16-44balandligi 2 mSkuns14-6-22Qunduz125-----120 m2Mangustsimonlar:Mangustlar, surikat14-41221Viverrasimonlar:volyerning uzunligi hayvon uzunligidan 10 barobar ortiq boʻlishi kerakSivet, fossa, binturong12560101255balandligi 2,5 — 3 m dan kam boʻlmaganJuft tuyoqlilar:Yovvoyi choʻchqa1150-25-20-balandligi 2 mPekar120-10-5Mitti begemot150-25100--Lama175har bir hayvon uchun/87,530Tuya1100---50-balandligi 5 mKichik bugʻular (dik-dik va boshq.)125-10-20-Mayda bugʻular (pudu, muntjak)125-10-15-Gazel, saygʻoq, jayron1125-257,550-balandligi 5 mTogʻ qoʻyi, yolli qoʻy1100---40-balandligi 10 mYirik antilopalar1250-6018080-
Qushlar uchun volyerlar:
Qush turlariGuruhdagi soniOchiq volyerIchki volyerHar bir qoʻshimcha hayvon uchunTavsiya etilgan maydon va balandlikMaydon(m2)Hajm(m3)Maydon(m2)Hajm(m3)Ochiq volyer(m2)Ichki volyer(m2)Tuyaqushsimonlar:Tuyaqush, nandu, emu110030905015Pingvinsimonlar:Yirik pingvinlar112126066Balandligi 5 mMayda pingvinlar1652732,5Balandligi 3 mKurakoyoqlilar (birqozonlar yoki meshkopchilar):Saqoqushlar14012030122015balandligi 5 mQoravoylar12575206012,510balandligi 5 mLaylaksimonlar:Yirik laylaklar (marabu, oq, qora laylaklar va boshq.)15015030902515balandligi 5 — 7 mYirik qarqaralar (kulrang, katta, oq va boshq.)1309025751512,5balandligi 5 — 7 mOʻrta qarqaralar (koʻlbuqa, haqqush, volchok va boshqa.), ibislar va kolpitsalar120601535107,5Flamingo14012030902015balandligi 5 — 7 mGʻozsimonlar:Gʻozlar115604120,53balandligi 5 — 7 mKazarkalar115604120,53balandligi 5 — 7 mOʻrdaklar11040240,52balandligi 5 — 7 mOqqushlar1251258320,55balandligi 10 mTovuqsimonlar:Ular, gluxarlar120606180,54balandligi 4 mQirgʻovullar120606180,54balandligi 4 mKakliklar11530480,53balandligi 2 mChillar (kuropatkalar)11530480,53balandligi 2 mBedana1612120,50,5balandligi 2 mTurnasimonlar:Kulrang turna, yapon turnasi, oq turna, tojdor turna, Kanada turnasi va boshq.14012030902015balandligi 5 — 7 mGoʻzal turna135105257517,512,5balandligi 5 — 7 mTuvaloqsimonlar:Tuvaloqlar120606180,54balandligi 4 mRjankasimonlar:Rjankalar1618260,51balandligi 2-3 mBigiztumshuqlar1618260,51balandligi 2-3 mQiziloyoqlar1618260,51balandligi 2-3 mLoyxoʻraklar1618260,51balandligi 2-3 mKatta va oʻrta uzunburunlar1618260,51balandligi 2-3 mJiqtoqlar1618260,51balandligi 2-3 mYirik baliqchilar (chaykalar)125125206012,510balandligi 5 mMayda baliqchilar (krachkalar)1105051552,5balandligi 5 mKaptarsimonlar:Kaptarlar110304120,52balandligi 3 mKoʻkqargʻasimonlar:Koʻkqargʻalar12060103024balandligi 3 mKoʻktargʻoqlar1618260,51balandligi 2-3 mKurkunaklar110255051552,5balandligi 4-5 mSassiqpopishaksimonlar:Sassiqpopishak1618260,51balandligi 2-3 mQizilishtonsimonlar:Burmaboʻyin, oq qanotli qizilishton1618260,51balandligi 2-3 mChumquqsimonlar:Soʻfitoʻrgʻaylar, jiblajibonlar, zavirushkalar1412260,50,5balandligi 3 mQaldirgʻochlar12060103024balandligi 3 mQarqunoqlar, zargʻaodoqlar (oriollar)1618260,51balandligi 2-3 mQargʻalar12060103024balandligi 3 mSuvchumchuqlar1412260,50,5balandligi 3 mSviristellar, pashshaxoʻrlar, shaqshaqlar110255051552,5balandligi 4-5 mMoyqutlar, koroleklar, chittaklar, timellar, fotmachumchuqlar, toʻqimachilar va boshq.1412260,50,5balandligi 3 mVyuroklar (Fringilla), dehqonchumchuqlar1412260,50,5balandligi 3 mToʻtiqushsimonlar:Aralar, kakadular15154122,52Mayda chumchuqsimon qushlar, mayda toʻtiqushlar va boshq.0,30,90,150,450,150,75balandligi 5 — 7 mBoshqalar:Nosorog qushlar14123921,5Jannat qushlari15154122,52Bulduruqlar110304120,52balandligi 3 m
Sutemizuvchilar uchun suv havzalari:
TurlarGuruhdagi soniMaydon(m2)Chuqurligi(m)Hajm(m3)Har bir qoʻshimcha hayvon uchun(m2)Susar10,50,20,2-Nutriya110,510,5Kapibara120,531Qunduz1100,810-Mitti begemot1100,820-
Qushlar uchun suv havzalari:
TurlarGuruhdagi soniMaydon(m2)Chuqurligi(m)Hajm(m3)Har bir qoʻshimcha hayvon uchun(m2)Saqoqush17,50,755,55Qoravoy11,71,2521Flamingo110,30,30,5Yirik pingvinlar152105Kichik pingvinlar11,723,52
Sudralibyuruvchilar uchun volyerlar:
TurlarGuruhdagi soniQuruqlik maydoni(m2)Suv maydoni(m2)Hajm(m3)Balandligi(m)Har bir qoʻshimcha hayvon uchun(m)Quruqlik maydoni(m2)Suv maydoni(m2)Quruqlikda yashovchi toshbaqalar (15 — 25 sm) (Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi, Oʻrta yer dengizi toshbaqasi va boshq.)10,50,5Xameleonlar10,6--10,15-Iguana, suv agamasi, parus agamasi va boshq.1110,5Oʻrta echkemarlar, teyid, xelodermatid va boshqa yirik kaltakesaklar (oʻlchami 1-1,2 m)11,50,51Oʻrta kaltakesaklar (soqolli agama, koʻktil ssinki va boshq.)10,50,30,15Mayda kaltakesaklar (eublefar, agama, kolot, ssink, gekkon, anolis va boshq.)10,20,20,10Pitonlar (toʻrli piton, Qora yoʻlbars piton, yorqin rangli yoʻlbars piton, va boshqa zaharli boʻgʻma turlaridan tashqari)2umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2umumiy uzunligidan 1/2, maks. 2,2 myer yuzasidan 1/7Chipor ilon va boshqa yirik boʻlmagan, zaharsiz ilonlar2umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2umumiy uzunligidan 1/4 x 1/4suv havzasining maydoni umumiy uzunligidan 0,1umumiy uzunligidan 1/2yer yuzasidan 1/7
Amfibiyalarni saqlash:
TurlarGuruhdagi soniQuruqlik maydoni(m2)Suv maydoni(m2)Balandligi(m)Salamandrasimonlar(triton, salamandra)10,40,40,5Baqasimonlar(qurbaqa, baqa)10,30,50,6
Baliqlarni saqlash:
TurlarBaliq oʻlchovi (sm)Guruhdagi soniBir juft uchun hajm (l)Chuchuk suv mayda baliqlari (guppi, danio, barbus va boshq.)6 gacha5 — 105 — 7Chuchuk suv oʻrta baliqlari (mechenosets, mollineziya, mayda laqqa baliq va boshq.)7 — 125 — 1030Chuchuk suv yirik baliqlari (gurami, oltin baliq va boshq.)15 — 20240 — 45Yirik oʻlchamdagi baliqlar (diskus, sixlid, aravan, botsii)20 va undan koʻp2150 l va undan koʻpArapayma300 gacha13000 — 5000
Umurtqasizlarni saqlash:
TurlarGuruhdagi soniUzunligi(sm)Eni(sm)Balandligi(sm)Kivsyaki2804040Zaharli boʻlmagan mayda oʻrgimchaklar1151515Zaharli boʻlmagan katta va oʻrta oʻrgimchaklar, qushxoʻr oʻrgimchaklar1303030Qoʻngʻiz, suvarak10 va undan koʻp403020Ari, asalari (asal beruvchilar bundan mustasno)500 gacha505030Chumolilar fermasi (zaharli boʻlmagan yirik chumolilar)500 gacha25206Chumolilar fermasi (zaharli boʻlmagan mayda chumolilar)1000 gacha16156Zaharli boʻlmagan ona chumoli (probirka)30 gacha151,61,6Boshqa hashoratlar10 — 20403020Yirik hashoratlar10 — 1001006060
Izoh. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda quyidagi talablarga rioya qilish talab etiladi:
yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylar ularning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan qurilmalar (uyalar, boshpanalar) bilan jihozlanishi va barcha jihozlar, shu jumladan elektr jihozlari hayvonlarga shikast yetkazmasdan oʻrnatilishi;
yovvoyi hayvonlarni saqlash joylari yomgʻir, qor, shamol yoki quyosh nurlari tushishidan boshpana bilan taʼminlangan boʻlishi;
yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarning harorat rejimi, ventilyatsiyasi va yoritilishi hayvonlarning turiga muvofiq taʼminlanishi;
qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shohlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishi;
qafas, volyer osti betonlangan yoki metallanmagan boʻlmasligi;
hayot tarzi suv bilan bogʻliq hayvonlar (suvda suzuvchi qushlar va hokazo) uchun suv havzalari moʻljallangan boʻlishi;
qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shoxlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishi.
Maydon va hajm oʻlchovlari volyerning eng kichik ruxsat etilgan oʻlchamlarini belgilaydi. Agar volyerda yuqoridagi jadvallarda koʻrsatilganidan kamroq hayvon saqlansa ham, uning oʻlchamlari koʻrsatilgan miqdordan kichik boʻlmasligi shart.
