Vazirlar Mahkamasining “vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (170-son)
12.06.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 19-bandiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-iyun,
170-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 170-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirish
Vazirliklar va idoralarning budjetidan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
***** Davlat zaxirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (Adliya vazirligida 1997-yil 2-aprelda 319-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 29, 30, 33, 35, 36, 37-bandlarida belgilangan.
****** Davlat zaxirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (Adliya vazirligida 1997-yil 2-aprelda 319-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 15-bandida belgilangan.
