Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (1272-5-son)
06.06.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1272-5]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1272, 2003-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-may,
01-02/20-7-son
