“Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori va unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1541-3-son)
31.05.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1541-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 105, 42 va 01-357-son “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1541, 2006-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 20-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 22-maydagi 21-Q/Q, 5/7 va 15/QQ-15-1-QQ-son “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1541-1, 2009-yil 24-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 304-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 30-martdagi 109-QQ, 11 va 03/QQ-son “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1541-2, 2010-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 136-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
01-05/1377-son
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
24-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
19-Q/B-son
