“Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (146-son)
29.05.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Boshqaruv xodimlari soni 8 nafar va 3-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” EIZ direksiyasi deb ataladi)” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga “Angren” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga qarab “Angren” EIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, “Angren” EIZ direksiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etiladi;
“Angren” EIZ budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
Toshkent viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Angren” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
investorlar bilan “Angren” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat egaligidagi mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashining qarorlariga muvofiq “Angren” EIZ qatnashchilarini bilan shartnomalar tuzadi;
oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashiga taqdim etadi;
“Angren” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-2013-yillar davrida “Angren” EIZ direksiyasi taʼminoti uchun, keyingi yillarda uning oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin.
5. “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi bir oy muddatda “Angren” MIZ direksiyasi ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. “Angren” EIZ direksiyasi quyidagi manzil boʻyicha Angren shahar hokimligi binosida joylashtirilsin: Toshkent viloyati, Angren shahri, Amir Temur koʻchasi, 7-uy.
Toshkent viloyati hokimligi “Angren” EIZ direksiyasini koʻrsatilgan manzil boʻyicha xizmat xonalari bilan bepul taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-may,
146-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga 3-ILOVA
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
