Toshkent shahar hokimining 2012-yil 4-apreldagi “Toshkent shahrida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida (149/4-18-son)
18.04.2012
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining 2012-yil 4-apreldagi “Toshkent shahrida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarori tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-aprel,
149/4-18-son
