Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan import toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1514-1-son)
10.05.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1514-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori) qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 455-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-sentabrdagi 268-V, 64, 94, 01-02/19-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1514, 2005-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 40-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan import toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi F.MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-mart,
10/2-son
Iqtisodiyot vaziri G.SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 24-mart,
5-son
Moliya vaziri R.AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-mart,
30-son
Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi Z.DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-mart,
01-02/19-5-son
