Isteʼmol tovarlari importini bojxona-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-1496-son)
04.03.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kirilishini tartibga solish, shuningdek, mahalliy un sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. 2011-yilning 1-aprelidan boshlab import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlariga ilovaga muvofiq aksiz soligʻi joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib kirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin, ularning noqonuniy olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilsin, savdo tarmogʻida, bozor va savdo komplekslari hududida kontrabanda tovarlari sotilishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari koʻrilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-mart,
PQ-1496-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi PQ-1496-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarga aksiz soligʻi
STAVKALARI
