23-modda. Oilaviy korxonani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida (O‘RQ-327-son) · Sana: 26.04.2012 · Amalda
Davlat oilaviy korxonaning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat organlari oilaviy korxonani rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishi shart.
Davlat organlari qonunchilikda belgilangan tartibda:
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylar ularda tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun oilaviy korxonaga ijaraga berilishini;
ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer ajratilishini;
oilaviy korxona ishlab chiqarish obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini;
oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun maxsus joylar berilishini taʼminlaydi.
