15-modda. Oilaviy korxonaning mol-mulki
Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida (O‘RQ-327-son) · Sana: 26.04.2012 · Amalda
Oilaviy korxonaning mol-mulki:
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan;
qarz mablagʻlari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan;
tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan tarkib topadi.
