13-modda. Oilaviy korxona boshligʻining huquq va majburiyatlari
Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida (O‘RQ-327-son) · Sana: 26.04.2012 · Amalda
Oilaviy korxona boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bogʻliq boʻlgan shartnomalar tuzish;
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
ishonchnomalar berish.
Oilaviy korxona boshligʻi:
oilaviy korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi;
oilaviy korxonaning mol-mulki bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik normalariga rioya etilishini taʼminlashi;
buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlashi shart.
Oilaviy korxona boshligʻi qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
