Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida (119-son)
25.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki:
gerbli guvohnomalar blankalari qatʼiy hisobda turuvchi hujjatlar hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yagona namunada tasdiqlanadigan tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi;
gerbli guvohnomalar blankalarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalarini yangi gerbli guvohnomalar blankalari bilan;
gerbli guvohnomalar blankalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
4. Gerbli guvohnomalarni ular toʻliq ishlatib boʻlingungacha amaldagi blankalarda rasmiylashtirish va berishga ruxsat etilsin.
5. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yigʻimining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida belgilansin.
51. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarining arxiv maʼlumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yigʻimi undirilmaydi.
6. Belgilansinki, gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
15 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
85 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, FHDY organlarining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish tadbirlariga sarflanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2012-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T.Yoʻldoshevga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-aprel,
119-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2012-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakli va gerb yigʻimi miqdori toʻgʻrisida” 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori.
