Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori) (116-son)
20.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-aprel,
116-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) 1-ilovada:
a) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa davlatlarning fuqarolari, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlarning fuqarolari va” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
a) 1-ilovaning 1-bandidagi “shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida uy-joy sotib olishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 16-dekabrdagi 586-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 12-iyuldagi 145-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 36-modda).
