Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida (117-son)
20.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Erkinlashtirishni davom ettirish va erkin bozor iqtisodiyoti yoʻlidan borishni yanada jadallashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasini tizimli tahlil qilish hamda ishbilarmonlik muhiti darajasini baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholashning ilovaga muvofiq tizimi 2012-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek indikatorlarni hisoblash va sifatli baholash metodologiyasiga aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan boshqa vazirliklar va idoralar har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga har bir mintaqadagi ishbilarmonlik muhitining holatini va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholash natijalarining taqdim etilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holatini baholash uchun har bir mintaqada tadbirkorlik subyektlarini reprezentativ tanlash asosida har chorakda soʻrov oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimi natijalari umumlashtirilishini va monitoringini taʼminlaydi, har bir mintaqaning reytingini aniqlaydi hamda muntazam ravishda iqtisodiy sharh chiqaradi, uni har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-aprel,
117-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash
tizimi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
